APLda «Arsenal» peshqadamligini mustahkamladi: «Manchester Siti» bilan farq 7 ochkoga etdi (Turnir jadvali)
5 MART, 2026, 06:18
«Arsenal» APLning 29-turida «Manchester Siti» bilan oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Bugun Mikel Arteta shogirdlari «Brayton»ni mag'lub etdi (1:0), «shaharliklar» esa «Nottingem Forest» bilan durang o'ynashdi (2:2).
«To'pchilar» 30 ta o'yindan so'ng 67 ochko bilan Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. «Manchester Siti» hisobida esa 29 ta o'yindan keyin 60 ochko mavjud.
Turnir jadvalining uchinchi pog'onasini «Manchester Yunayted» egallab turibdi. Ularda «Nyukasl»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (1:2) keyin 51 ochko qoldi, «Aston Villa»da ham xuddi shuncha ochko bor. Keyingi o'rinlarda esa 48 ochkodan jamg'argan «Chelsi» va «Liverpul» bormoqda.
Qayd etish lozimki, kuchli oltilikdagi barcha jamoalar «Arsenal»ga qaraganda bittadan kam o'yin o'tkazishgan.
O'rin Jamoa O'yin G'alaba Durang Mag'lubiyat Ochko 1 Arsenal 30 20 7 3 67 2 Manchester Siti 29 18 6 5 60 3 Manchester Yunayted 29 14 9 6 51 4 Aston Villa 29 15 6 8 51 5 Chelsi 29 13 9 7 48 6 Liverpul 29 14 6 9 48 7 Brentford 29 13 5 11 44 8 Everton 29 12 7 10 43 9 Bornmut 29 9 13 7 40 10 Fulxem 29 12 4 13 40