logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniya Kubogi: «Real Sosedad» «Atletik»ni ikkinchi o'yinda ham mag'lub etdi (Videosharh)

 5 MART, 2026, 06:00

Ispaniya Kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvida «Real Sosedad» «Atletik» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin San-Sebastyandagi «Reale Arena» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida hujumchi Mikel Oyyarsabal penaltini aniq amalga oshirib, yagona gol muallifiga aylandi.

Dastlabki o'yinda ham «Real Sosedad» 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra san-sebastyanliklar finalga yo'l olishdi. Hal qiluvchi bahsda ular «Barselona»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Atletiko» bilan to'qnash kelishadi.

Ispaniya Kubogi. 1/2 final
05.03.2026 | 01:00
«Anoeta», San-Sebastyan

«REAL SOS'EDAD» — «ATLETIK» — 1:0
Gol: Mikel Oyyarsabal 87’-penalti (1:0).

«Real Sosedad»: Marrero, Subeldiya, Xon Martin, Gomes, Aramburu, Gorrotchategi, Turrentes (Errera, 59), Soler (Oskarsson, 83), Barrenechea (Marin, 59), Gonsalu Gedesh (Ayen Munos, 90+3), Oyyarsabal (Suchich, 90+4).

«Atletik»: Padilya, Paredes (Areso, 67), Lyaport, Berchiche, Vivian, Xauregisar (Vesga, 82), Rego (Ruis de Galarreta, 56), Sanset (Navarro, 67), Berenger, Inyaki Uilyams, Guruseta (Serrano, 82).

Ogohlantirishlar: Paredes (23), Xauregisar (56), Guruseta (70), Ruis de Galarreta (81), Errera (90), Ayen Munos (90), Berchiche (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ