logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barsa" hujumchisi "Atletik"ka qarshi o'ynashga tayyor

 4 MART, 2026, 22:48

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski ko'z kosasi suyagining sinishi tufayli "Atletiko"ga qarshi kubok o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Chorshanba kuni polshalik to'purar mashg'ulotlarga qaytdi, biroq u hozircha maxsus himoya niqobida shug'ullanmoqda.

Taniqli jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Levandovski La Liganing navbatdagi turi doirasidagi "Atletik"ka qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.

Ispaniya chempionatining "Atletik" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi shanba kuni, 7 martda bo'lib o'tadi. Bilbaodagi o'yin Toshkent vaqti bilan yakshanbaga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Ma'lumki, "Barselona" ayni damda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Real" kataloniyaliklardan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ