logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Risharlison Jahon chempionatini boykot qilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

 4 MART, 2026, 17:36

Risharlison Jahon chempionatini boykot qilish niyatida ekani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Bundan avval "Tottenxem"ning braziliyalik hujumchisi "Agar AQSh Eronga qarshi bu urushni to'xtatmasa, men Qo'shma Shtatlardagi Jahon chempionatida o'ynashdan bosh tartaman", degan edi.

"Shunchaki aniqlik kiritib o'tmoqchiman, chunki feyk xabarlar haddan oshib ketdi: men hech qachon bunday bayonot bermaganman. Har qanday urush va mojarolarga qarshi bo'lsam-da, Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi uchun o'ynamayman deb hech qachon aytmaganman.

Ushbu yolg'onni tarqatganlarning barchasi postlarini o'chirib tashlaydi deb umid qilaman", – deya munosabat bildirdi futbolchi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ