Birinchi raketkamiz qatnanishi kerak bo'lgan turnir ishtirokchilari evakuaciya qilinadi
4 MART, 2026, 16:32
BAAning Fujayra shahrida o'tayotgan "CHellenjer" turniri manzilidan 13 km uzoqlikda portlashlar sodir bo'lgani ortidan musobaqa bekor qilindi.Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham ushbu turnirda ishtirok etishi kerak edi. Uning birinchi davrada rossiyalik Pyotr Biryukovga qarshi o'tkazilishi belgilangan uchrashuvi boshqa barcha o'yinlari singari bekor qilingan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan musobaqaning o'zi ham o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Belaruslik tennischi Ilya Ivashko o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Professional tennischilar uyushmasi (ATP) o'yinchilarning BAAdan yo'l xarajatlarini to'liq qoplab berishini malum qildi. Avvali tennischilarga mamlakatni kishi boshiga 5 000 evro turadigan charter reysda tark etish taklif qilingan.
"Hozirgina Fujayradagi turnirning barcha ishtirokchilari bepul evakuaciya qilinishi haqida tasdiqnoma oldim. Barcha xarajatlar to'liq qoplandi. Ajoyib ish, ATP!", - deb yozdi Ivashko.

Manba: olamsport.com
