logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" bilan o'yindagi tartibsizliklar "Galatasaroy"ga qimmatga tushdi

 4 MART, 2026, 16:30

Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi muxlislari UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yindagi xulq-atvori uchun jazolandi. Bu haqda musobaqa tashkilotchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.

25 fevral kuni bo'lib o'tgan "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvida ishqibozlar pirotexnika vositalaridan faol foydalanishgan va tribunalardan turli buyumlarni maydonga uloqtirishgan. Yakunda "Galatasaroy" zimmasiga 40 ming evro miqdorida jarima to'lash majburiyati yuklandi, uning muxlislari esa Chempionlar Ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi safar o'yini uchun chipta sotib olish huquqidan mahrum etildi.

"Liverpul" turnirning 1/8 finali doirasida 18 mart kuni "Galatasaroy"ni qabul qiladi. Dastlabki uchrashuv 10 mart kuniga rejalashtirilgan. Musobaqaning umumiy bosqichida jamoalar mos ravishda uchinchi va yigirmanchi o'rinlarni egallashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ