logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter"ning eng qimmat himoyachisi uchun ingliz klubidan taklif tushishi mumkin

 4 MART, 2026, 15:48

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

GRV Media bergan ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Biroq London klubi futbolchining 100 million evrolik ehtimoliy yozgi transferi borasida ehtiyotkorlik qilmoqda. Bastoni universal markaziy himoyachi hisoblansa-da, uning yuqori narxi "Chelsi"ni fikridan qaytarishi mumkin.

Alessandro Bastoni 2017 yilda "Atalanta"dan "Inter"ga 31 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Milan klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ