logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roberto Sesk Fabregasning murabbiylik mahoratini yuqori baholadi

 4 MART, 2026, 13:24

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va hattoki sardori bo'lgan Serxio Roberto bir muncha vaqtdan beri Italiya chempionatida «Komo» sharafini himoya qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas qo'l ostida klub Italiya chempionati turnir jadvalida allaqachon beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Robertoning ta'kidlashicha, Fabregasda top-klublardan allaqachon ko'plab takliflar mavjud.

«Aynan u meni klubga qo'shilishga ko'ndirgan hal qiluvchi omil bo'ldi. A Seriyadagi bir yillik faoliyati davomida u etakchi klublardan ko'plab muhim takliflarni oldi. Men uni to'liq ishonch bilan ideal murabbiy deb atay olaman. Uning murabbiylik kelajagi juda porloq», — deya Robertoning so'zlarini keltirmoqda fcinter1908.it.

Eslatib o'tamiz, o'tmishda Fabregas ham «Barselona»da to'p surgan, biroq u erda faqat bir mavsum o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ