logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Premer-liga tarixida bunday antirekord qayd etgan ilk jamoa bo'ldi

 4 MART, 2026, 13:18

«Liverpul» Angliya Premer-ligasining 29-turi doirasida kechgan bahsda «Vulverxempton»dan mag'lubiyatga uchradi (1:2).

«Bo'rilar» uchrashuvning 94-daqiqasida Andre tomonidan kiritilgan gol evaziga uch ochkoni ilib ketishdi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» APL tarixida bir mavsum davomida 90-daqiqa yoki undan keyin besh marotaba raqiblariga g'alaba golini sovg'a qilgan (o'tkazib yuborgan) ilk jamoaga aylandi. Bungacha hech bir jamoa bir mavsum davomida qo'shib berilgan vaqtda to'rt martadan ortiq durangni qo'ldan chiqarmagan edi.

Hozirda «Liverpul» 48 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. «Vulverxempton» esa ketma-ket ikkita g'alabaga erishganiga qaramay, 16 ochko bilan so'nggi pog'onada qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ