logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe "prava" olmoqchi

 4 MART, 2026, 12:54

Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe haydovchilik guvohnomasini olishga qaror qildi — yaqinda u Madridda haydovchilik maktabiga tegishli avtomobilni boshqarib ketayotganida ko'rinish berdi. Qizig'i shundaki, shu paytgacha Mbappening haydovchilik guvohnomasi bo'lmagan. 2023 yilda hali «PSJ» o'yinchisi bo'lib yurgan vaqtlarida berilgan tegishli savolga u boshqa muhimroq maqsadlari borligiga sha'ma qilgan edi.

Aftidan, hozirda jarohatlar tufayli unda ushbu bo'shliqni to'ldirish uchun vaqt paydo bo'lgan. A Bola nashrining aniqlik kiritishicha, Mbappe ta'lim olayotgan maktab nomi ma'lum bo'lgach, uning ofisi muxlislar uchun «ziyoratgoh»ga aylanib qolgan. Muxlislar muassasa rahbariyatidan Kilianning imzosini «tanish-bilishchilik» orqali olib berishni so'rashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ