logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Diego Simeone «Barselona» bilan o'yindan so'ng: «Mana shu — «Atletiko»!»

 4 MART, 2026, 12:24

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasi Ispaniya Kubogi finaliga chiqqanidan keyin o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Matraschilar» «Kamp Nou»da «Barselona»ga yirik (0:3) hisobda imkoniyatni boy berishdi, biroq o'z uylaridagi bahsda bundan ham yirikroq (4:0) g'alabaga erishishgani sababli qarama-qarshilikda g'olib chiqishdi.

«Tabloda hisob 3:0 bo'lib turganda, men: «Bu — «Atletiko», dedim. Bugun bizga ancha qiyin bo'ldi, lekin jamoa qiyinchiliklarni engib o'tganidan faxrlanaman va xursandman. Ikki o'yindan iborat to'qnashuvlarning o'ziga xos jihati ham shunda», — dedi Diego Simeone o'yindan keyingi intervyusida.

Finalda «Atletiko» yo «Real Sosedad», yoki Bilbaoning «Atletik» jamoasi bilan o'ynaydi (birinchi o'yin — 1:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ