logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot «Vulverxempton»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z xatolarini tan oldi

 4 MART, 2026, 12:24

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum davomida jamoa oldiga qo'yilgan maqsadlarni o'zgartirishga majbur bo'lganini tan oldi.

Seshanba kuni «qizillar» Premer-ligada navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib olishdi — bu safar chempionatning asosiy autsayderi «Vulverxempton» ulardan ustun keldi. «Bo'rilar» 94-daqiqada hal qiluvchi golni kiritib, 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

«Mavsum davomida mening kutganlarim o'zgardi. Men jamoamizdan ko'prog'ini kutgandim. Maqsadlarimiz ancha ambitsiyali bo'ladi deb o'ylagandim. Bugun biz navbatdagi muvaffaqiyatsizlikka uchradik va yana o'z hayotimizni qiyinlashtirib yubordik. Vaholanki, mavsum yakuni allaqachon yaqinlashib qoldi», — dedi Slot matbuot anjumanida.

«Liverpul» APL turnir jadvalida 29 turdan so'ng 48 ochko bilan beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ