logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Koke: «Bu faoliyatimdagi eng baxtli mag'lubiyat»

 4 MART, 2026, 12:00

Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Barselona»dan qabul qilingan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng intervyu berdi.

Ushbu natija «matraschilar»ni qanoatlantirdi — to'qnashuvning ilk bahsida ular 4:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

«Biz to'rt yoki besh yildan beri sovrin yutmayapmiz, shu sababli muxlislarimiz uchun finalga chiqishni juda xohlagandik. Bu faoliyatimdagi eng baxtli mag'lubiyat», — deya Atletico Universe 34 yoshli yarim himoyachining so'zlarini keltirmoqda.

Finalda Diego Simeone jamoasi yo «Real Sosedad», yoki Bilbaoning «Atletik» klubi bilan o'ynaydi. Bask jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv «oq-ko'klar»ning g'alabasi bilan yakunlangan edi (1:0), javob jangi esa bugun bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ