logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik «Atletiko» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yosh yulduzlarni alohida e'tirof etdi

 4 MART, 2026, 12:00

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Mark Bernal va Pau Kubarsining o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.

18 yoshli yarim himoyachi Ispaniya Kubogi yarim finalining Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvida dubl qayd etdi. Bahs «ko'k-anorranglilar»ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, biroq dastlabki o'yinda 4:0 hisobida zafar quchgan «matraschilar» keyingi bosqichga yo'l olishdi.

«Bugun Bernal va Kubarsini alohida ta'kidlashni istardim — ular aql bovar qilmas darajada o'ynashdi. Pauning doim shunday ishtiyoq bilan o'ynashini xohlayman, chunki u dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Bu oqshom uning o'yinini kuzatish juda yoqimli bo'ldi», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Shu shanba kuni, 7 martda «Barsa» La Liga doirasida mehmonda Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ