logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» sardori jamoaning La Liga va Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi

 4 MART, 2026, 11:54

«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning La Ligadagi holati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Seshanba kuni «ko'k-anorranglilar» «Atletiko»ga qarshi javob o'yinida 3:0 hisobida g'alaba qozonganiga qaramay (ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:4), Ispaniya Kubogini tark etishdi. Ispaniya chempionatida esa kataloniyaliklarning ishlari hamon ko'ngildagidek: 26 turdan so'ng Xans-Diter Flik shogirdlari Madridning «Real» klubini to'rt ochkoga ortda qoldirgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«Ha, La Ligada to'rt ochkolik ustunlikka egamiz, biroq yakungacha hali ancha bor. To'g'ri kayfiyat va ishtiyoqni saqlab qolishimiz kerak. Shuningdek, bizni Chempionlar ligasi o'yinlari ham kutmoqda, biz bunga tayyormiz», — dedi Arauxo jurnalistlar bilan suhbatda.

7 mart kuni «Barselona» Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ