Prague Masters. CHexiyada "Nodirbeklar derbisi" bo'lib o'tdi. Bugun Abdusattorovni chempionlik matchi kutmoqda
4 MART, 2026, 10:48
CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida bir kunlik tanaffusdan so'ng oltinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda va bu borada Abdusattorovning imkoniyati yuqoriroq bo'lib turibdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Qizig'i shundaki, oltinchi turda ular o'zaro to'qnash kelishdi. Oq donalarda harakat qilgan Yakubboev durang natija qayd eta oldi. O'zaro uchrashuvlarda aynan Nodirbek Yakubboev yaxshiroq natijaga ega bo'lib turgandi. U 4 ta partiyada g'alaba qozonib, 10 tasida durang qayd etgandi. Kecha 11-murosaga kelindi. Abdusattorov esa Yakubboevni 2 ta uchrashuvda taslim eta olgan. Kecha ularning 18-uchrashuvi bo'lib o'tdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bugungi tur oldidan Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hamon ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 4 ochko bor. Yakubboev esa 2,5 ochko bilan ettinchi o'rindan sakkizinchi pog'onaga tushdi. Bu turda chexiyalik David Navara bilan durang o'ynagan niderlandiyalik Yorden van Forest yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Uning hisobida 4,5 ochko bor.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Etiborlisi, bugun 7-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda van Forestga qarshi bahs olib boradi. Agar g'alaba qozonsa, birinchi o'ringa ko'tarilib olish barobarida chempionlik sari katta qadam tashlaydi. Yakubboev esa bugun 7-turda hindistonlik Aravindh CHitambaramga qarshi qora donalarda harakat qiladi.

Manba: olamsport.com
