logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik jamoadagi muhitdan mamnun

 3 MART, 2026, 23:00

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik o'z jamoasi futbolchilarini maqtadi.

Yaqinda "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng mankunianliklar Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib olishdi. Ayni damda "qizil iblislar" hisobida 28 turdan so'ng 51 ochko mavjud.

"Iqtidor va qobiliyat borasida yigitlar nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsata olishdi. Yaxshi fazilatlar, to'g'ri xulq-atvor va bir-birlariga bo'lgan g'amxo'rlik — men o'yinchilarni maqtamasdan ilojim yo'q", — deya Kerrikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.

Angliya chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvni "Manchester Yunayted" safarda "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi. O'yin 4 mart kuniga rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ