Prague Masters. Bugun CHexiyada "Nodirbeklar derbisi" bo'lib o'tadi
3 MART, 2026, 15:00
CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida bir kunlik tanaffusdan so'ng oltinchi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda.

Qizig'i shundaki, bugun oltinchi turda ular o'zaro to'qnash kelishadi. Yakubboev oq donalarda harakat qiladi. O'zaro uchrashuvlarda Nodirbek Yakubboev yaxshiroq natijaga ega bo'lib turibdi. U 4 ta partiyada g'alaba qozonib, 10 tasida durang qayd etgan. Abdusattorov esa Yakubboevni 2 ta uchrashuvda taslim eta olgan. Bugun ularning 17-uchrashuvi bo'lib o'tadi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Beshinchi turda grossmeysterlarimiz turlicha natija qayd etishgandi. Abdusattorov oq donalarda hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni yana bir bor mag'lub etishni uddalagan bo'lsa. Yakubboev aksincha, qora donalarda chexiyalik David Navaraga yutqazib qo'ygandi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Bugungi tur oldidan Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. CHexiyalik David Navara hisobida ham 3,5 ochko bor. Yakubboev esa 2 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy olgan.
Manba: olamsport.com
