logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik «Atletiko» bilan javob o'yini oldidan futbolchilarga aniq talab qo'ydi

 3 MART, 2026, 13:42

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Kubogi 1/2 finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan futbolchilarga aniq talablarini e'lon qildi. Murabbiy futbolchilarni bo'lajak bahsni ikkita alohida o'yin sifatida qabul qilishga chaqirib, har bir bo'limni alohida ko'rib chiqish kerakligini ta'kidladi. Flik asosiy e'tiborni aniq maqsadga qaratdi — birinchi bo'limda 2:0, ikkinchi bo'limda 2:0. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline sahifasi xabar bermoqda.

Jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 12 fevral kuni Madriddagi «Sivitas Metropolitano» stadionida bo'lib o'tgan edi. O'sha uchrashuvda «Atletiko» 4:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritgan. Ikkinchi yarim finalda esa Bilbaoning «Atletik» va «Real Sosedad» jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ