Arbeloa: «Bu «Real» uchun bahona bo'la olmaydi»
3 MART, 2026, 12:42
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Xetafe»dan uchralgan sensatsion mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Ispaniya La Ligasining 26-turida «qaymoqranglilar» o'z maydonida «Xetafe»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
«Bu mag'lubiyatda men aybdorman. Mbappe va Bellingemning yo'qligi mag'lubiyatga sabab bo'ldimi? Yo'q, bu «Real», bizda bunday o'yinlarda g'alaba qozonish uchun etarlicha o'yinchilar bor. Men o'zimni oqlashga sabab qidirib o'tirmayman», — deya Arbeloaning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
