logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» va «Atletiko» o'rtasidagi bugungi o'yin favoriti taxmin qilindi

 3 MART, 2026, 12:00

Bugun, 2026 yil 3 mart kuni Ispaniya Kubogining 1/2 finali doirasida javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda «Barselona» va «Atletiko» jamoalari o'zaro to'qnashadilar. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Birinchi uchrashuvda «Atletiko» raqibini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Analitiklarning fikriga ko'ra, bo'lajak bahsda «Barselona»ning g'alaba qozonish ehtimoli 64,8 % ni tashkil etadi. Durang natija qayd etilishi 18,1 %, «Atletiko»ning g'alabasi esa 17,1 % ga baholanmoqda.

Shunga qaramay, Kubok finaliga chiqish imkoniyatlari borasida «Atletiko» yaqqol favorit — 88,2 %. «Barselona»ning keyingi bosqichga yo'l olishi esa 11,8 % ehtimol bilan baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ