logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» muxlislari ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatdan so'ng Florentino Peresdan iste'fo talab qilishdi

 3 MART, 2026, 07:18

"Real Madrid" muxlislari Ispaniya La Ligasining 26-turida o'z maydonida "Xetafe" jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng klub prezidenti Florentino Peresning iste'fosini talab qilishdi.

Marca nashri jurnalisti Migel Anxel Toribioning ma'lum qilishicha, o'yin yakunlanganidan keyin "Santyago Bernabeu" stadioni tribunalarida «Florentino — iste'foga!» degan shiorlar yangragan.

Ma'lumot uchun, ushbu mag'lubiyat «Real» uchun La Ligada ketma-ket ikkinchisi, jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa esa 12 o'yinda to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qildi. Mazkur uchrashuvdan so'ng madridliklar 60 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionat peshqadami esa 64 ochko bilan "Barselona" hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ