logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konte «Verona» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng: «Bizga rahmat aytishlari kerak»

 3 MART, 2026, 02:06

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibdagi jarohatlar tufayli yuzaga kelgan muammolar haqida kesatiq bilan fikr bildirdi.

Avvalroq neapolliklar A Seriyaning 27-turida «Verona»ni mag'lub etgan edi (2:1).

– Hujumda nima etishmadi? – Birinchi bo'limda biz bir nechta vaziyatlar yaratdik. Jarima maydonchasi ichiga yorib kirishda bir oz erinchoqlik qildik. Xeylundni topganimizda, o'sha vaziyatlarda hujum qilish kerak edi. Shunchaki unutmaylik, bizda hujum chizig'i juda yosh: biz o'zgartirishlar kirityapmiz va echimlar qidiryapmiz.

Shuningdek, Neres «1921 yildan beri» jarohatlanganini ham unutmaylik (kuladi), vaholanki ilgari u ajoyib edi. Biz yuzaga kelayotgan vaziyatlarni engib o'tishimizga to'g'ri kelyapti. Vergara yaxshi harakat qilmoqda.

Alisson Santos «Sporting» safida biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmagan edi. Bizga kelib esa, asosiy tarkibdan joy olmoqda. Shunday ekan, biz o'zimizga bir nechta savol berishimiz kerak. Va balki, hatto minnatdorchilik so'zlarini eshitishimiz lozimdir, – dedi Konte.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ