logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" Nunes transferi uchun kurashga qo'shildi

 2 MART, 2026, 23:06

ChronicleLive nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" "Al-Hilol"ning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunesni o'z safiga qo'shib olish borasida "Nyukasl Yunayted" bilan raqobatga kirishdi.

Nunes joriy mavsumdagi 24 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq, Karim Benzema transferidan so'ng, Saudiya Pro Ligasidagi 8 ta legioner limiti tufayli u ichki chempionat qaydnomasidan chiqarib tashlandi. Endilikda u faqat OFK Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda.

"Liverpul"ning sobiq forvardi yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin va u aynan APLga qaytishni afzal ko'rmoqda. "Nyukasl" hujum chizig'ini yaqinda Nik Voltemade va Yoan Vissa bilan kuchaytirgan bo'lsa-da, urugvaylik futbolchiga bo'lgan qiziqishni saqlab qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ