logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UEFA "Tottenxem"ga yirik jarima qo'lladi

 2 MART, 2026, 21:54

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Intizomiy qo'mitasi Angliyaning "Tottenxem" klubini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turidan o'rin olgan Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasiga qarshi o'yinda ishqibozlarning diskriminatsion xulq-atvori uchun 30 ming evro miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi. Uchrashuv 28 yanvar kuni Frankfurt-maynida bo'lib o'tgan va "Tottenxem"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

BBC bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'yin davomida "Tottenxem"ning uch nafar ishqibozi natsistcha salom berish harakatlarini amalga oshirgan. Jarimadan tashqari, klubga UEFA shafeligidagi navbatdagi safar o'yini uchun o'z muxlislariga chipta sotish shartli ravishda taqiqlandi. Ushbu taqiq uchun sinov muddati qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir yilni tashkil etadi. Shuningdek, "Tottenxem" maydonga buyumlar otilgani uchun qo'shimcha 2,25 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ