logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Glasner hakam qaroriga qo'shilmadi

 2 MART, 2026, 21:06

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Premer-liganing 28-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga qarshi belgilangan penalti qaroriga qo'shilmaydi.

52-daqiqada "Kristal Pelas" himoyachisi Maksens Lakrua Mateus Kunyaga jarima maydonchasi tashqarisida qo'pollik qildi, natijada "Manchester Yunayted" hujumchisi erga yiqildi.

Hakam Kris Kavana penalti belgiladi va Lakruaga qizil kartochka ko'rsatildi. Bruno Fernandesh penaltini golga aylantirdi.

"Bir nechta turli jihatlarni hisobga olish kerak, ammo baribir bu noto'g'ri qarordek tuyuladi.

Bu penalti emas edi. Bu jarima maydonchasi tashqarisidagi qoidabuzarlik uchun qizil kartochka bo'lishi mumkin edi. Ammo qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida boshlangan.

Ehtimol, bu "Old Trafford" uchun bonusdir", dedi Glasner.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ