logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xart - "Tottenxem" haqida: "Hammasi juda jiddiy"

 2 MART, 2026, 16:24

Sobiq darvozabon Jo Xart Londonning "Tottenxem" klubi muammolarini tushuntirib berdi. U klubning evrokuboklardagi ishtiroki davom etayotgan bir paytda, yuqori divizionni tark etish xavfi jamoa uchun haqiqatga aylanib qolishidan qo'rqmoqda.

"28 o'yindan keyin 24 ochko. Bu juda jiddiy muammo. Hozirda bir oz g'alati tuyulayotgan Chempionlar ligasidagi ishtirokiga qaramay, ular bor e'tiborini chempionatga qaratishlari kerak. Shunichaki ochko to'plash zarur", — deya Xartning so'zlarini keltirmoqda BBC Sport.

Hozirda London klubi APL turnir jadvalida atigi 16-o'rinni egallab turibdi. Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumni ham jamoa xavfli hududga yaqin — 17-o'rinda yakunlagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ