logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mariya Timofeeva BNP Paribas Open saralashi finaliga chiqdi

 2 MART, 2026, 14:00

WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli start oldi.

AQSHning Indian-Uells shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirning saralash bahslarida qatnashayotgan vakilamiz 1/2 finalda niderlandiyalik Syuzan Lamensga qarshi kortga chiqdi. Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Timofeeva ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/2, 6/2. 

Taqqoslash uchun, Mariya ayni paytda WTA reytingida 155-pog'onadan joy olgan. Saralashda 13-raqam ostida tasniflangan Lamens esa dunyoning 105-raketkasi bo'lib turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Har ikki tennis malikasi ham bahs davomida ikkitadan eys zarbasini amalga oshirgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ