logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA prezidenti navbatdagi taklif bilan chiqdi

 2 MART, 2026, 13:16

FIFA rahbari Janni Infantino futbolchilarni og'zini qo'li bilan yopib gapirganda maydondan chetlatishni taklif qildi.

Bu choralar maydondagi irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida bildirilgan.

"Agar futbolchi og'zini yopib biror narsa aytsa va bu irqchilik mazmuniga ega bo'lsa, uni maydondan chetlatish kerak, albatta. U nimadir aytgan bo'lishi aniq, chunki agar aytmasa edi, og'zini yopishga hojat qolmasdi.  Albatta, intizomiy ish bo'lsa, vaziyatni tahlil qilish, dalillar talab etiladi, lekin kelajakda faqat shu bilan cheklanib qololmaymiz. Ehtimol, nafaqat jazo haqida o'ylash, balki qandaydir yo'l bilan madaniyatimizni o'zgartirish, huquqbuzarlarga uzr so'rash imkonini berish kerak. G'azab lahzasida o'zi xohlamagan ishni qilib qo'yishi mumkin, keyin uzr so'rasa, jazo boshqacha bo'lishi lozim, oldinga qadam tashlash kerak. Balki shunga o'xshash narsani o'ylab ko'rishimiz mumkin", — deydi Infantino Sky Sports'ga bergan intervyusida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ