logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arne Slotga shart qo'yildi

 2 MART, 2026, 12:36

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsum yakuniga qadar o'z lavozimini tark etishi ehtimoli past, biroq u oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishi shart bo'ladi.

MatchDay Central nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga tobora ko'proq ishonch bildirmoqda va yaqin oylar ichida u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Ammo klub mutasaddilari Premer-liganing joriy mavsumi yakunida jamoadan kuchli to'rtlikka kirishni talab qilmoqda. Shuningdek, mersisaydliklar xo'jayinlari Premer-ligada chempionlik uchun imkoniyatlar deyarli qolmagani sababli, jamoa Chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurashishini xohlamoqda.

Bundan oldinroq «Liverpul» Slotni Xabi Alonsoga almashtirishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida Madridning «Real» klubidan bo'shatilganidan so'ng ishsiz qolgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ