logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saliba: "To'g'ri yo'nalishdagi yana bir qadam"

 2 MART, 2026, 10:18

"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba London derbisi doirasida kechgan "Chelsi"ga qarshi bahsda (2:1) jamoasiga g'alaba qozonishda yordam berdi.

Frantsiyalik futbolchi uchrashuvning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Tanaffusga oz vaqt qolganda mehmonlar avtogol evaziga muvozanatni tiklashdi, biroq ikkinchi bo'limda Yurren Timberning harakatlari bilan "kanonirlar" yana oldinga chiqib olishdi. Qolgan vaqt davomida tomoshabinlar boshqa gol ko'rishmadi.

"To'g'ri yo'nalishdagi yana bir qadam", — deb yozdi Saliba ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'z golini nishonlayotgan fotosuratini ilova qilgan holda.

Ayni damda "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida "Manchester Siti"dan besh ochko oldinda bormoqda. Shu bilan birga, Mikel Arteta jamoasi 29 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, "shaharliklar" hisobida 28 ta o'yin mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ