logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Burchak to'plari — "Arsenal"ning asosiy quroli: Jamoa bir mavsumda ikkita rekordni qayd etdi

 2 MART, 2026, 07:48

Angliya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan uy uchrashuvida "Arsenal" jamoasi "Chelsi" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsda "kanonirlar" ikkita golni burchak to'plaridan so'ng kiritishdi.

"Opta" nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" 2025/26 yilgi mavsumda Premer-liga doirasida to'qqizinchi bor burchak to'pidan so'ng g'alaba golini kiritdi. Endilikda bu bir jamoa uchun bir mavsumdagi mutlaq rekord hisoblanadi (avvalgi rekord 2012/13 yilgi mavsumda sakkizta gol bilan "Manchester Yunayted"ga tegishli edi).

Bundan tashqari, "Arsenal" APLda bir mavsum davomida burchak to'plaridan urilgan gollar soni bo'yicha ham rekordni takrorladi — 16 ta gol. Avvalroq bunday natijani 1992/93 yilgi mavsumda "Oldxem", 2016/17 yilgi mavsumda "Vest Bromvich" va 2023/24 yilgi mavsumda "Arsenal"ning o'zi qayd etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ