logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dragan Cheran: «Asosiysi, jamoamiz g'alaba qozondi»

 1 MART, 2026, 23:24

«Andijon»ning yangi transferlarida biri, tajribali Dragan Sgeran ilk turni boshqa jamoadoshlari kabi ajoyib o'tkazdi va raqib darvozasini ishg'ol ham qildi.

Jamoa sardori klub matbuot xizmatiga bahs borasida qisqacha intervyu berdi.

— Dragan, g'alaba bilan tabriklayman. Taassurotlar qanday?

— Rahmat. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Garchi biz 4:0 hisobida yutgan bo'lsakda, o'ziga yarasha og'ir kechdi. Xudoga shukurki, mana shunday oson o'tmagan bellashuvda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Albatta, vaziyatlardan unumli foydalanib, bunday muxlislar oldida g'alaba qozonishimiz kerak edi.

— Hisobning 4:0 bo'lishini kutganmidingiz?

— Yo'q, buni kutmagandik. Ammo o'yinda shunday natija yuzaga keldi. Albatta, biz bunga harakat qildik. 4:0 — bu o'ylaymanki, ajoyib natija.

— Sizda to'purarlik salohiyati mavjud va ilk turdanoq gol urishni boshladingiz. Bu to'purarlik kurashidagi dastlabki yurishingizni anglatmoqda...

— Hujumchilar o'rtasida to'purarlik uchun poyga boshlandi. Bu yog'ini ko'ramiz. Asosiysi, jamoamiz g'alaba qozondi. Birinchi navbatda individual natija emas, balki jamoaning muvaffaqiyati muhim.

— “Bobur arena”dagi atmosferani ko'rdingiz va qanday ta'riflaysiz?

— Atmosfera super, buni ta'riflashga so'z yo'q. Juda zo'r, muxlislarga katta rahmat. Har o'yinda jamoamizni mana shunday qo'llab-quvvatlashlarini kutib qolamiz.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ