logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Vinisiusning muvaffaqiyat sirini aytdi

 1 MART, 2026, 18:54

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida o'yinida keskin o'sish kuzatilgan hujumchi Vinisius Junior haqida gapirdi.

— Vinisius borasida qaysi "tugmani" bosdingiz?

— Qandaydir tugmani bosdimmi-yo'qmi, bilmayman. Bu boradagi barcha xizmat futbolchining o'ziga tegishli — u fantastik, ajoyib o'yinchi. Mening yagona xizmatim, agar u umuman mavjud bo'lsa, Vinisiusga ishonch va dalda berish hamda jamoadoshlari uni o'z kuchli tomonlarini ko'rsata oladigan zonalarda qidirib topishiga erishishdir. Bu zonalarda u dribling ishlatishi, raqibni aldab o'tishi, "yakkama-yakka" vaziyatlar yaratishi mumkin.

Vinisius — o'yin taqdirini hal qiluvchi, fundamental futbolchi. Murabbiy sifatida men faqatgina u o'zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qila oladigan vaziyatlarni imkon qadar tez-tez yaratish ustida ishlayman. Shunda jamoa yaxshiroq o'ynaydi va xavfliroq bo'ladi.

Dushanba kuni "Real" La Liga doirasida "Xetafe"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ