Yosh xokkeychilarimiz JCHga yo'l olishdi: jamoamiz taqvimi bilan tanishing
1 MART, 2026, 17:48
O'zbekiston U18 o'smirlar terma jamoasi 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi xokkey bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etadi.Musobaqaning III divizioni A guruhida qatnashadigan vakillarimiz bahslarda ishtirok etish uchun Gonkongga jo'nab ketishdi.
Bahslar 2–8 mart kunlari Gonkongda bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasining o'yinlar jadvali bilan tanishing:
2 mart, 13:30
O'zbekiston – Gonkong
3 mart, 13:30
Yangi Zelandiya – O'zbekiston
5 mart, 13:30
Turkiya – O'zbekiston
6 mart, 10:00
O'zbekiston – Bolgariya
8 mart, 10:00
Isroil – O'zbekiston

Manba: olamsport.com
