logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiyaning mashhur klubi prezidentsiz qoldi

 1 MART, 2026, 15:06

Pablo Longoriya Frantsiyaning "Marsel" klubi prezidentligi lavozimini tark etdi. U ushbu lavozimda besh yil davomida faoliyat yuritgan edi.

Longoriyaning vaqtinchalik vorisi etib Alban Jyuster tayinlandi. Jyuster bungacha sakkiz yil davomida "Marsel"da moliya va me'yoriy talablarga rioya qilish bo'yicha bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yaqinda "Marsel"ning amerikalik egasi Frenk Makkort klub rahbariyatida qayta tashkil etish ishlarini e'lon qilgandi. Bundan avvalroq sport direktori Mehdi Benatiya ham iste'foga chiqqan, biroq barcha sport faoliyatini nazorat qilish uchun iyun oyigacha o'z vazifasini bajarib turishga rozi bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, fevral oyida "Marsel" bosh murabbiyni ham o'zgartirgan edi. Italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi o'rniga Habib Bey tayinlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ