logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik: "Ideal o'yinning o'zi yo'q, lekin..."

 1 MART, 2026, 12:36

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa o'yini uni qay darajada qanoatlantirayotgani haqida gapirib berdi.

"Qizil iblislar" yanvar oyida iste'foga chiqarilgan Ruben Amorimning o'rnini egallagan ingliz mutaxassisi qo'l ostida oltita o'yindan beshtasida g'alaba qozonishdi.

"Hech qachon ideal bo'lmaydi — doim yanada yaxshiroq bo'lishidan umid qilasan. Ba'zan hammasi a'lo darajada ishlaydi, ba'zan esa — unchalik emas. Muayyan narsalar borasida haddan tashqari injiq va qattiqqo'l bo'lish kerak emas. Biz uchun oldinga qadam tashlash va umumiy manzarani baholash muhim. Menimcha, biz yaxshi holatdamiz, sezilarli o'sish ko'zga tashlanmoqda, lekin baribir hali ishlaydigan jihatlar bor", — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

Agar "MYu" bugungi bahsda g'alaba qozonsa, APL turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarilib oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ