logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike "PSJ"dagi golli vaziyatlar va penaltilar borasidagi muammolarga to'xtaldi

 1 MART, 2026, 12:36

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 24-turi doirasida "Gavr"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"PSJ" safarda raqibini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona gol muallifi Bredli Barkolya bo'ldi.

"Jamoa qiyin davrni boshdan kechirmoqda va yaqqol golli vaziyatlarni boy berayotganimiz normal holat emas. Bizda yaxshi darvozabonlar va yaxshi hujumchilar bor. Ammo biz 11 metrlik jarima zarbalaridan ham foydalana olmayapmiz", — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "RMC Sport".

Parijliklar 57 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda borayotgan "Lans" bilan oradagi farqni to'rt ochkoga etkazib olishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ