logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu jarohat oldi

 1 MART, 2026, 08:30

Kecha, 28 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turi doirasida "An-Nasr" safarda "Al-Fayha" jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi, biroq bahsni yakunigacha etkaza olmadi. 81-daqiqada portugaliyalik yulduz o'ng oyog'idagi muammolar tufayli zaxiraga olindi.

Bundan tashqari, 41 yoshli hujumchi o'yin davomida penaltini golga aylantira olmadi. Shunga qaramay, "An-Nasr" g'alabani o'z qo'lida saqlab qoldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.

"An-Nasr" keyingi o'yinini 4 mart kuni safarda "Al-Vasl"ga qarshi o'tkazadi. Ronalduning ushbu bahsda ishtirok etishi hozircha so'roq ostida turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ