logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani "Bavariya" Bundesligada xotirjamlikka berilishi mumkinmi degan savolga javob berdi

 1 MART, 2026, 08:24

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani asosiy raqobatchi Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) so'ng, jamoaning turnir jadvalidagi holati haqida o'z fikrini bildirdi.

Myunxenliklar Dortmundda zafar quchib, chempionat tugashiga o'nta tur qolganida "arilar" bilan oradagi farqni 11 ochkogacha oshirishdi. Jurnalistlar belgiyalik murabbiydan jamoa endi ichki chempionatda biroz bo'shashib, bor e'tiborini Chempionlar ligasiga qaratishi mumkinmi? deb so'rashdi.

"Hozir ustunligimiz 11 ochkoni tashkil etmoqda, biz 88 ta gol urdik. Nima uchun to'xtashimiz kerak? To'liq kuch bilan ishlashda davom etamiz", – deya ta'kidladi Kompani o'yindan keyingi intervyusida.

6 mart kuni "Bavariya" o'z maydonida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini qabul qiladi, 10 mart kuni esa Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk bahsida "Atalanta" bilan to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ