logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bordalas "Real" murabbiyi Arbeloa haqida gapirdi

 1 MART, 2026, 07:36

"Xetafe" ustozi Xose Bordalas Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa haqida nimalar deb o'ylashini so'zlab berdi. Dushanba kuni, 2 mart kuni La Liganing 26-turi doirasida jamoalar "Santyago Bernabeu" stadionida to'qnash kelishadi.

"Arbeloa — nisbatan yangi murabbiy, uning tajribasi hozircha kam. Men kelajakda undan katta muvaffaqiyatlar kutaman va barcha hamkasblarimga bo'lgani kabi unga ham zafarlar tilayman. Tajribasi kamligiga qaramay, u muvaffaqiyat qozonishga qodir, vaholanki "Real"dagi mas'uliyat juda yuqori", — deya Bordalasning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 3 martga o'tar kechasi 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ