logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Milinkovich-Savich A Seriya grandi qiziqishlari doirasida

 1 MART, 2026, 07:06

Mish-mishlar "Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni yana Italiya A Seriyasiga qaytishi bilan bog'lamoqda. Serbiyalik futbolchi maydon markazini kuchaytirish uchun yo'l qidirayotgan "Milan" klubining qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Biroq, asosiy muammo o'zgarishsiz qolmoqda — xavbekning maoshi juda yuqori. Hozirda u yiliga taxminan 20 million evro maosh olmoqda, uning shartnomasi esa 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Sergey Milinkovich-Savich 2023 yildan beri Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Evropani tark etgunga qadar u sakkiz yil davomida Rimning "Latsio" jamoasi sharafini himoya qilgan. 27 fevral kuni "byankochelesti" sobiq yulduzi 31 yoshni qarshi oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ