logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Manchester Siti» safarda «Lids» to'sig'idan o'tdi

 1 MART, 2026, 00:36

«Manchester Siti» safarda Angliya chempionatining 28-turidan o'rin olgan o'yinda «Lids»ni mag'lub etdi — 1:0.

45+2-daqiqada Antuan Semeno gol urdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni zaxiradan kuzatdi.

Xosep Gvardiola jamoasi ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. «Manchester Siti» 59 ochko jamg'ardi va APL jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam «Arsenal»dan ortda qolish ikki ochkogacha qisqardi.

«Lids» 31 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

Angliya Premer-ligasi. 28-tur
28.02.2026 | 22:30
«Elland Roud», Lids

«LIDS» — «MANChESTER SITI» — 0:1

Gol: Semeno 45 (0:1).

«Lids»: Darlou, Gudmundsson, Streyk, Rodon (Biyol, 87), Djastin (Piru, 87), Bogl (Djeyms, 76), Aaronson (Nmecha, 65), Gruev (Nonto, 75), Ampadu, Shtax, Kalvert-Lyuin.

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ait Nuri, Gexi, Ruben Diash, Mateus Nunes, Rodri, O`Rayli (Reynders, 70), Bernardu Silva, Sherki (Ake, 88), Semeno, Marmush (Savio, 68).

Ogohlantirishlar: Donnarumma (85), Ait Nuri (90), Savio (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ