logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Andijon» klubi bosh direktori: «Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish — katta ishonch bag'ishlaydi»

 1 MART, 2026, 00:00

Yaqinda «Andijon» klubiga yangi bosh direktor etib tayinlangan Ziyodbek Mashrapov uchun ham debyut o'yin unutilmas bo'ldi.

«So'g'diyona» ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g'alaba — yangi davrga kuchli start!

Ziyodbek Shuhratovich klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi.

O'yin to'g'risida

«Avvalo, barcha muxlislarimizni, fan-klubni ushbu ishonchli g'alaba bilan tabriklayman. 4:0 — bu shunchaki hisob emas, bu jamoamizning mehnati, intizomi va maydondagi xarakteri samarasidir. Har ikki bo'limda ham tashabbusni qo'ldan boy bermadik. Ilk turdayoq shunday o'yin ko'rsatish — katta ishonch bag'ishlaydi. Men futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman».

E'tibor va mas'uliyat xususida

«Andijon klubi viloyatimiz rahbarlari tomonidan doimo e'tibor markazida bo'lgan jamoa. Yangi rahbar sifatida men bu mas'uliyatni chuqur his qilaman. Har bir g'alaba — bu faqat maydonda emas, klub ichidagi to'g'ri tizim, ishonch va birdamlik natijasi. Biz mavsum davomida barqarorlikni saqlashga harakat qilamiz».

Stadiondagi muhit haqida

«Bobur Arena»dagi muhitni so'z bilan ta'riflash qiyin. Fan-klub, muxlislarimiz — haqiqiy 12-o'yinchi. Ularning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Shunday muhitda g'alaba qozonish ikki karra yoqimli».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ