logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Toshkent Grand Slam turnirining ikkinchi kunida o'zbekistonlik dzyudochilar uchta medal qo'lga kiritdi

 28 FEVRAL, 2026, 23:42

Toshkent mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha nufuzli Tashkent Grand Slam 2026 xalqaro turnirining ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi bitta kumush va ikkita bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bugun, 28 fevral kuni erkaklar o'rtasida -73 va -81 kg, ayollarda esa -63 va -70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Mazkur vazn toifalaridagi bellashuvlarda O'zbekiston nomidan 4 nafardan dzyudochi ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasida -73 kg vazn toifasida Shahram Ahadov finalga qadar barcha raqiblarini mag'lub etdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda tojikistonlik Orif Abdulloyiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vaznda ishtirok etgan Elbek Tojiev esa bronza medali uchun yana bir o'zbekistonlik dzyudochi Muhammad Jumaevga qarshi tatamiga chiqib, g'alaba qozondi.

-81 kg vazn toifasida ham bronza medali uchun kechgan bellashuvda o'zbekistonlik dzyudochilar qarama-qarshiligi kuzatildi. Murodjon Yo'ldoshev Arslonbek Tojievni mag'lub etib, 3-o'rinni egalladi.

Ertaga, 1 mart kuni erkaklar o'rtasida -90, -100 va +100 kg, ayollar o'rtasida esa -78 va +78 kg vazn toifalarida bahslarga start beriladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ