logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xansi Flik "Barselona"dagi 100-o'yini va oilasining tashrifi haqida to'xtaldi

 28 FEVRAL, 2026, 23:36

Shanba kuni Xans-Diter Flik "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o'zining 100-uchrashuvini o'tkazdi. Kataloniyaliklar o'z maydonida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi. O'yindan so'ng Flik o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Barselona"dagi 100-o'yinimda g'alaba qozonganimdan juda xursandman. Men juda ham baxtliman. Bugun mening oilam ham o'yinni tomosha qilish uchun shu erga keldi", — dedi Flik o'yindan keyingi sharhida.

Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal"ga qarshi bahsda Lamin Yamal xet-trik muallifiga aylandi. Hozirda "Barselona" turnir jadvalida "Real"ni to'rt ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, madridliklar ushbu turdagi o'z o'yinlarini hali o'tkazishmagan.

"Barselona" navbatdagi uchrashuvini 3 mart kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ