logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 yangi qoidalar ostida o'tadi: IFAB va FIFAdan inqilobiy qaror

 28 FEVRAL, 2026, 23:18

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futbol qoidalariga bir qator o'zgartirishlar kiritdi, ular orasida VAR (videoyordamchi hakamlar) vakolatlarini kengaytirish ham bor. Endilikda videoassistentlar ikkinchi sariq kartochka bilan bog'liq vaziyatlarga ham aralashish huquqiga ega bo'ladilar. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Shuningdek, VAR hakamlarida maydondagi hakam futbolchilarni adashtirib yuborib, noto'g'ri sariq yoki qizil kartochka ko'rsatgan holatlarni qayta ko'rib chiqish imkoniyati paydo bo'ladi. Ushbu o'zgarishlar 2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradi va AQSh, Kanada hamda Meksika mezbonlik qiladigan JCh-2026 musobaqasidayoq qo'llaniladi.

Qayd etilishicha, FIFA VAR vakolatlari kengaytirilishini qo'llab-quvvatlagan. Biroq ba'zi ligalar vakillari o'yindagi to'xtalishlar sonini oshirishi mumkin bo'lgan bunday choralar qabul qilinishiga qarshi chiqishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ