Iliya Topuriya Maxachevga qarshi jang va uchinchi kamarni istamoqda
28 FEVRAL, 2026, 18:32
Iliya Topuriya yarim o'rta vazn chempioni, rossiyalik Islam Maxachevga qarshi jang qilish niyati borligini bildirdi."Men uchun eng ideal variant — Maxachev bilan yarim o'rta vaznda jang qilish. SHunda uchinchi kamarni qo'lga kirita olardim. Yana bir ajoyib variant — 70 dan 77 kg gacha bo'lgan vaznda vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchi uchun maxsus yangi kamar uchun jang qilish", — dedi Topuriya Adin Ross strimida.
Manba: olamsport.com
