logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

 28 FEVRAL, 2026, 17:24

«Manchester Yunayted» jamoasida fevral oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Ushbu sovrin hujumchi Benyamin Sheshkoga nasib etdi.

Yakuniga etayotgan oyda Sheshko «Manchester Yunayted»ning to'rtta o'yinida ishtirok etib, o'z hisobiga uchta gol yozdirib qo'ydi. Sloveniyalik forvard «Fulxem», «Vest Xem» va «Everton» jamoalari darvozasini ishg'ol qildi.

Shuni ta'kidlash joizki, Sheshkoning «Vest Xem» darvozasiga kiritgan goli — o'ng qanotdan uzatilgan to'pni jarima maydonchasi ichida to'xtatmasdan aniq yo'llagan zarbasi — «Manchester Yunayted» muxlislari tomonidan fevral oyining eng chiroyli goli deb topildi. Ushbu gol «qizil iblislar»ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi.

Bahorning ilk kunida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Kristal Pelas» jamoasini qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ