logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Afsus, ulgurmadim": Rodrigo kumiri Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi

 28 FEVRAL, 2026, 13:36

Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surishni orzu qilganini tan oldi.

Portugaliyalik afsona "qaymoqranglilar" safini 2018 yilning yozida tark etgan bo'lsa, braziliyalik iqtidor oradan bir yil o'tib Madridga ko'chib o'tgan edi. Shu sababli ularning yo'llari "Santyago Bernabeu"da kesishmadi.

"Men Ronaldu bilan birga o'ynashni juda xohlagandim, lekin bu amalga oshmadi. Bundan afsusdaman, chunki Krishtianu — mening kumirim", — deya 25 yoshli hujumchining so'zlarini keltiradi "Madrid Universal".

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu "Real"dan so'ng "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublarida to'p surdi. 2023 yil boshidan buyon esa forvard Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Rodrigo hozirgacha madridliklar libosida 296 ta o'yinda maydonga tushib, 71 ta gol va 57 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ